Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbariga hukm o‘qildi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 16 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy nisbatan hukm chiqardi.

Muidjon Tohiriy O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-, 207-, 209-moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud tomonidan u 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi hamda eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida (81,1 mln so‘m) jarima to‘lashga hukm qilindi. U uch yil davomida rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Muidjon Tohiriy qamoqqa olingani 2018 yil dekabr oyida ma’lum bo‘lgandi. U DBQ rahbari lavozimida 2016 yilning dekabridan 2018 yilning fevraliga qadar ishlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing