Chiroqchida sudya jinoiy javobgarlikka tortiladi
3-sahifa
−
28 mart 2024 9614 1 daqiqa
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B. jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 28 mart kuni Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Bildirilishicha, tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, A. B. 200 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq pora bilan qo‘lga tushgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi B.I. 5 yilga qamalgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025