Chiroqchida sudya jinoiy javobgarlikka tortiladi

3-sahifa

image

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B. jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 28 mart kuni Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo  sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.

Bildirilishicha, tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, A. B. 200 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq pora bilan qo‘lga tushgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi B.I. 5 yilga qamalgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chiroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing