Chiroqchida fuqaroning uyidan 20 kg qoradori chiqdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

1981 yilda tug‘ilgan muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 3 dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro kelgusida sotib, oson pul topish maqsadida ushbu ajal og‘usini yetishtirgan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Mazkur moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 400 milliondan ortiq shaxs giyohvandlik illatiga duchor bo‘lib, uning oqibatida har yili 300 mingga yaqin odam hayotdan ko‘z yummoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son farmoni bilan endilikda narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilmaslik yoki jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik tartibi joriy etilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat DXX Qashqadaryo Chiroqchi qoradori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing