Chempionlar ligasi finali uchun chiptalar narxi e’lon qilindi
Sport
−
13:43 1124 1 daqiqa
Bugun, 17 mart kuni 2026 yilgi UEFA klublar o‘rtasidagi to‘rtta final o‘yini uchun chiptalar keng ommaga sotuvga chiqarildi. Bu haqda UEFA xabar berdi.
2026 yilgi Chempionlar ligasi finali Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. Ma’lum bo‘lishicha, final uchun chiptalar narxi 70, 180, 650 va 950 yevroni tashkil qiladi.
Ayollar Chempionlar ligasi finali Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tadi. Undagi chiptalar 20 yevrodan boshlanadi.
Avvalgi yillardagi kabi chiptalarning aksariyati ishtirokchi jamoalar muxlislari va keng jamoatchilik o‘rtasida taqsimlanadi. Keng jamoatchilik uchun chiptalar navbat bilan sotilmaydi, balki ariza berish muddati tugagach, lotereya orqali taqsimlanadi. Chempionlar ligasi finalida stadion o‘rinlarining 40 foizdan ortig‘i eng arzon toifadagi finalchilar muxlislari uchun ajratiladi.
Ayollar Chempionlar ligasi finalida chiptalarning 60 foizdan ortig‘i 40 yevro yoki undan arzon narxlarda sotiladi.
Shuningdek, joriy yilning 20 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa ligasi finali chiptalar 40-240 yevro oralig‘ida sotuvga chiqarilgan. Joriy yilning 27 may kuni Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Konferensiya ligasi finali chiptalar 25-190 yevro oralig‘ida sotilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Chempionlar ligasi finali uchrashuvi joriy yilning 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi