“Chelsi” hujumchisi uyida jarohat oldi
Sport
−
21 noyabr 1265 2 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Koul Palmer uyida baxtsiz hodisa oqibatida chap oyoq barmog‘ini sindirib oldi. Shu sababli, Palmer klubi uchun navbatdagi uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Sky sports” nashri xabar berdi.
London klubi bosh murabbiyi Enso Mareskaning ma’lum qilishicha, Palmerning jarohati jiddiy emasdek ko‘rinsa-da, u keyingi haftada maydonga tusha olmasligini tasdiqladi.
“Koul “Byornli”ga qarshi o‘ynamaydi, shuningdek, “Barselona” yoki “Arsenal”ga qarshi o‘yinlarda ham maydonga tushmaydi. Afsuski, u bir necha kun oldin uyida oyoq barmog‘ini sindirib oldi. Afsuski, shunday bo‘ladi”, deydi Mareska.
Murabbiy Mareska, shuningdek, Palmerning maydonda bo‘lmasligi jamoaning o‘yiniga jiddiy ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
“Jiddiy narsa yo‘q, lekin bu uning kichik barmog‘ida og‘riq keltirib chiqarmoqda va u bu hafta yoki keyingi haftada tayyor bo‘lmaydi. U jag‘idagi jarohatidan qaytishga juda yaqin edi, bu juda zo‘r edi, ammo keyin oyoq barmog‘idagi bu muammo yuzaga keldi va hammasini kechiktirdi. Bu juda muhim emas, lekin uning tiklanishi uchun biroz ko‘proq vaqt kerak”, deya qo‘shimcha qildi Mareska.
Ma’lumot uchun, Palmer joriy yilning sentyabr oyidan beri jarohat tufayli o‘yinlarda ishtirok etgani yo‘q. Angliyalik futbolchi bu mavsumda jamoasi bilan 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Live
Barchasi