Bugun ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
09:22 396 1 daqiqa
Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlashi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi