Bu ikki futbolchi birinchi marta tortishayotgani yo‘q – Peres
Sport
−
13 may 1602 2 daqiqa
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres klub futbolchilari o‘rtasida yuz bergan mojaro haqida fikr bildirib, bu voqea oldin ham ko‘p sodir bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda u kecha, 12 may kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Janjalning o‘zi dahshatli edi, ammo undan ham yomoni – bu voqea ommaga sizdirildi. Bu ikki futbolchi birinchi marta tortishayotgani yo‘q. Ular har mavsumda raqobat tufayli shunday holatlarga duch kelishadi. Faqat bu safar voqea oshkor bo‘ldi va biz buni kim tarqatganini bilamiz”, deydi Peres.
Avvalroq, Federiko Valverde va Orelen Tchuameni mashg‘ulotdan keyin kiyinish xonasida janjallashib qolgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro vaqtida Valverde yiqilib, boshidan jarohat olgan va keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan. Unga chok qo‘yilgani hamda klub ichki intizomiy tekshiruv boshlagani aytilgan. Valverdening o‘zi esa hodisa vaqtida tasodifan stolga urilib ketganini, Tchuameni esa unga zarba bermaganini ta’kidlagan.
Shunga qaramay, klub Valverdega bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilganini va u 10–14 kun maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgan.
Keyinchalik “Real Madrid” rahbariyati har ikki futbolchini 500 ming yevrodan jarimaga tortgani xabar qilindi. Klub bayonotida futbolchilar sodir bo‘lgan voqeadan pushaymon ekani va bir-biridan uzr so‘ragani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Madrid klubi prezidenti Florentino Peresni chempionlik va Negreyra ishi yuzasidan bergan bayonotlaridan so‘ng uni sudga berishni reja qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust