“Britancha” shtamm tarqalishining oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, koronavirus infeksiyasining genetik shaklini o‘zgartirgan, juda tez tarqaluvchi, ayniqsa, yoshlarga ko‘proq yuquvchi “britancha” shtammi paydo bo‘ldi.

Xo‘sh, bu turning tarqalishining oldini olish uchun nima qilish kerak? SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev shu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi vazirlik Matbuot xizmati.

“Britaniya va dunyo olimlarining berayotgan tavsiyalariga qaraganda, yangi shtamm tarqalishining oldini olishning yagona va tug‘ri yuli — bu zararlangan bemorni yakkalash (izolyatsiya) va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni ham alohida nazoratga olishdir. Faqatgina shu yul bilan tez tarqaluvchi “britancha” shtammni tarqalish ko‘rsatkichini kamaytirish mumkin. 

Yodingizda bo‘lsa, Xitoyning Uxan shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng o‘tgan yilning yoz oylarida uning “Ispaniya shtammi” ham paydo bo‘ldi. Bu shtamm ham juda tez tarqaluvchi tur, deya e’tirof etilgan edi. Vaqt o‘tishi natijasida, bu shtamm tarqalishining sababi insonlar migratsiyasi ekani aniqlandi. Bu holat esa oddiy sanalgan karantin qoidalariga rioya kilish va tibbiy niqoblarni doimiy taqib yurish bilan bartaraf etildi”, deydi E’zozbek Rizayev.

Mutaxassis hozirgi kunda fuqarolarko‘cha-ko‘yda, transport, bozor va do‘konlarda karantin talab-qoidalarini pisand qilmayotgani, oddiy himoya vositalarini taqmay yurganiga ham to‘xtalgan.

“To‘g‘ri, O‘zbekistonda ayni paytda epidemiologik barqaror vaziyat hukmronlik qilmoqda. Ammo bu koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfi butunlay tugadi, degani emas. Yuqorida aytilganidek, “COVID-19”ning B.1.1.7 shakli — “britancha” shtammini yengishning yagona yo‘li karantin qoidalariga amal qilishdir. 

Ayni paytda mamlakatimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Agar aholimiz mana shu yumshatilgan tartibga to‘liq rioya qilmasa, uning oqibatlari qat’iy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, barchasi o‘zimizga bog‘liq.

Muhimi, COVID-19 ga qarshi vaksina yangi shtammda ham foyda berishi aniqlangan. Shu bois, ommaviy emlash bizning yurtimizda boshlanishiga qadar har bir fuqaro o‘z salomatligiga o‘zi mas’ul bo‘lib, tibbiy niqobdan muntazam foydalansa, karantin  qoidalariga rioya qilsa, shubhasiz, biz dunyoning qator davlatlarida davom etayotgan bugungi epidemiologik nohush vaziyatdan saqlanib qolamiz”, degan E’zozbek Rizayev.

Avvalroq, O‘zbekistonda “britancha” shtamm aniqlangan 10 yoshli qiz kasallikni alomatlarsiz o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing