Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet beriladi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023 9675 1 daqiqa
Endi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Prezidentning 2023 yil 11 sentyabrdagi farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Unda ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion yondashuv sifatida bir qator yangi o‘qitish usullari joriy qilinmoqda. Xususan, endi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bosqichma-bosqich ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi.
Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu amaliyot dastlab Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
“Kelgusida esa mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr