Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga planshet beriladi

Jamiyat

image

Endi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi. Bu haqda  O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

Prezidentning 2023 yil 11 sentyabrdagi farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Unda ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion yondashuv sifatida bir qator yangi o‘qitish usullari joriy qilinmoqda. Xususan, endi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bosqichma-bosqich ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi. 

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu amaliyot dastlab Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida amalga oshiriladi. 

“Kelgusida esa mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

planshet o'quvchilar Boshlang'ich sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing