Bentu O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi – OAV

Sport

image

Avvalroq, portugaliyalik 56 yoshli mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Biroq portugal nashrlari Bentu ushbu taklifni rad etganini yozmoqda. Xususan, bu haqda A BOLA xabar berdi.

Nashrning aniqlashicha, portugaliyalik murabbiy O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi taklifini rad etgan, chunki taklif etilgan shartlar uning ushbu bosqichdagi faoliyat rejalari bilan mos kelmagan.

“56 yoshli portugaliyalik murabbiy ushbu loyihani o‘z zimmasiga olish uchun zarur sharoitlar yaratilmagan, deb hisoblagan va shu sababli taklifni rad etgan”, deya yozadi boshqa portugal nashri “Record”.

Qayd etish joiz, bungacha O‘zbekiston nashrlarida Paulu Bentuning mamlakatga kelgani va O‘FA rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, yurtiga qaytib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Paulu Bentu joriy yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan. 2010-2014 yillarda Portugaliya terma jamoasini boshqargan mutaxassis 2022 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bo‘lib turgan va tarixda ilk bor jamoani Jahon chempionatiga olib chiqqan Temur Kapadze yuqoridagi xabarlarga izoh berib, rahbariyat jamoaga tajribali va Jahon chempionatini ko‘rgan mutaxassisni olib kelish niyatida ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Paulu Bentu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing