Bayden va Szinpin San-Fransiskoda uchrashadi

Olam

image

Xitoy va AQSH rasmiylari noyabr oyida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan San-Fransiskoda Xitoy Raisi Si Szinpin va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

"Ikkala tomon ham San-Fransiskoda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish uchun birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldi", deyiladi Xitoy TIV rahbari Van I va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan o‘rtasidagi uchrashuv haqidagi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Van I va Sallivan bir qator muhim xalqaro masalalarni, jumladan, aloqalarni yuqori darajada ushlab turishni muhokama qilgan holda "substantiv va konstruktiv strategik muloqot" o‘tkazgan. Xitoy Tashqi ishlar vaziri va AQSH Prezidenti yordamchisi Falastin-Isroil mojarosiga ham e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgan edi. Jo Bayden va Si Szinpinning  oxirgi uchrashuvi esa o‘tgan yilning 14 noyabrida Indoneziyaning Bali orolida bo‘lgan. O‘shanda yetakchilarning suhbati uch yarim soatdan ortiq davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing