Bastoni “Barselona”ga ötişni körib çiqmoqda

Sport

−

image

Italiyaning “Inter” jamoasi markaziy himoyaçisi Alessandro Bastoni Ispaniyaning “Barselona” klubiga ötişni körib çiqmoqda. Bu haqda jurnalist Saşa Tavoleri ma’lum qildi.

Jurnalistning ma’lum qilişiça, “Inter” 27 yoşli futbolçiga yangi şartnoma taklif qilgan. Biroq himoyaçi va uning vakillari taklif etilgan şartlardan norozi bölgan.

Bastoni kelasi yili “Barselona”ga ötişga tayyor. Ammo u avvalroq rejalaştirganidek, bu masalani kataloniyaliklar boş murabbiyi Xans-Diter Flik bilan muhokama qilmoqçi.

“Barselona” italiyalik futbolçiga bölgan qiziqişini yöqotmagan va uning vakillari bilan aloqani saqlab turibdi. “Kök-anorranglilar” yaqin vaqt içida Bastonini sotib oliş uçun yana bir bor urinib körişni jiddiy körib çiqmoqda.

“Transfermarkt” portali himoyaçining bozor qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” markaziy himoya çiziğini kuçaytiriş uçun Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov variantini ham körib çiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing