Bartez Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi

Sport

image

Fransiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Faben Bartez mamlakat milliy jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 55 yoshli mutaxassis darvozabonlar murabbiyi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning murabbiylar shtabida, shuningdek, David Bettoni, Amidu Msaidi, Gregori Dyupon, Stefan Plank, Farid Tebet va Klement Iber ham bor.

Faben Bartez jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. U “Marsel” bilan Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan, “Manchester Yunayted” bilan ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan va “Monako” bilan ikki marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Bartez 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shundan beri murabbiylik qilmagan.
Fransiya terma jamoasining Zidan qo‘l ostidagi birinchi o‘yini joriy yilning 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Fransuzlar Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Turkiya mehmoni bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing