Bahorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar aytildi 

Salomatlik

image

Qishda zaiflashgan organizmni tiklash uchun bahorda qanday mahsulotlar iste’mol qilish maqsadga muvofiq? Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yelena Solomatina ma’lumot berdi. 

“Bahorgi ratsionda ko‘p miqdorda vitaminlar, antioksidantlar va kletchatkalar bo‘lishi kerak, bu organizmni tiklashga yordam beradi”, deb hisoblaydi u. 

Shu sababli, diyetologning ta’kidlashicha, meva, sabzavot va rezavorlar bahor menyusida muhim o‘rinni egallashi kerak. 

“Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar tarkibida C vitamini, kletchatkalar, bioflavonoidlar, antioksidantlar mavjud”, deydi Solomatina. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, C vitamini ko‘p miqdorda tuzlangan karam tarkibida ham mavjud. 

“C vitaminining zarur dozasini, masalan, bir porsiya tuzlangan karam, bir hovuch muzlatilgan qora smorodina, bulg‘or qalampirining yarmi va sitrus mevalaridan olish mumkin”, degan Solomatina. 

Bundan tashqari, u rediska va ko‘katlarni bahor ratsioniga kiritishni taklif qilgan. 

“Qishda zaiflashgan organizm A, V, D va E vitaminlariga ham muhtoj. Ushbu moddalarning yetishmasligini to‘ldirish uchun menyuni bug‘doyli non, yong‘oq, go‘sht, baliq, smetana va boshqa bir qator mahsulotlar bilan to‘ldirishingiz kerak”, degan diyetolog.


Maqola muallifi

Teglar

sabzavot bahor

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing