Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid ish ochiq sud majlisida ko‘riladi
3-sahifa
−
16 avgust 2024 9344 2 daqiqa
Avvalroq, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi sudga oshirilgani xabar qilingandi. Unga oid ish Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan Husniddin Karimovga oid ish bilan birlashtirildi va endilikda jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Kecha, 15 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan Aziz Voitov va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan Husniddin Karimov va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv o‘tkazilgan.
Dastlabki eshituv Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida o‘tkazilib, uning natijasi bo‘yicha ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga birlashtirilgan.
Bildirilishicha, Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 2024 yil 5 sentyabr soat 15:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida boshlanadi.
Qayd etilishicha, tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28,209, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 29 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 15 nafariga “garov“ va 6 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Live
Barchasi