Ayollar rolidagi o‘zgarish tug‘ilishga ta’sir qilmoqda – tadqiqot
Bu qiziq
−
30 Oktabr 2025 6455 2 daqiqa
Bugungi kunda tug‘ilish darajasining pasayishiga ayollarning mustaqilligi ortib borayotgani, ya’ni ular juft yoki davlat qo‘llovisiz yashayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Klaudiya Goldin tadqiqot e’lon qildi.
Tadqiqotga ko‘ra, tug‘ilishning pasayishiga asosiy omil ayollarning mustaqilligi ortgani bo‘ldi, ya’ni ular ta’lim, martaba imkoniyatlari va reproduktiv nazoratdan kengroq foydalanish imkoniga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish va tug‘ilish pasayishi o‘rtasidagi an’anaviy bog‘liqlik o‘zgargan. Masalan, Shvetsiya va AQSH kabi nisbatan boy mamlakatlarda tug‘ilish darajasi Gretsiya va Janubiy Koreyaga qaraganda yuqoriroq.
Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida tug‘ilish koeffitsiyenti 2,1 darajadan past va bu aholining tabiiy qayta tiklanish darajasi hisoblanadi. Bu davlatlarda dunyo aholisining qariyb uchdan ikki qismi istiqomat qiladi, shu jumladan, sayyoradagi ikki eng ko‘p aholili mamlakat ham. Goldinning ta’kidlashicha, vaziyat erkaklar va ayollar o‘rtasida uy yumushlari bo‘yicha kutishlar nomutanosibligi tufayli yanada murakkablashmoqda.
Erkaklar ko‘pincha an’anaviy rollar taqsimotini saqlab qolishga moyil bo‘lishsa, ayollar bolalar parvarishida mas’uliyatni sherik bilan teng bo‘lishishga intiladi. Ayniqsa, bu muammo Ikkinchi jahon urushidan keyin tez iqtisodiy o‘sishni boshdan kechirgan mamlakatlarda keskin namoyon bo‘lgan. Xususan, ularga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya va Portugaliya yaqqol misol.
Qayd etilishicha, AQSHda oliy ma’lumotli ayollar orasida tug‘ilish darajasining pasayishi 1970 yillardan boshlanganini ko‘rsatgan. Masalan, 1950 yilda tug‘ilgan ayollar orasida universitet diplomiga ega bo‘lganlarga to‘g‘ri keladigan bolalar soni 1,64 gacha tushgan.
Goldinning xulosasiga ko‘ra, tug‘ilish darajasining pastligi “tuzilmaviy to‘siqlar” natijasi, juftliklar ichidagi majburiyatlar muammolari va davlat tomonidan bolalarni parvarish qilish uchun yetarlicha kafolatlarning yo‘qligi. Agar bunday kafolatlar yetarli bo‘lmasa, ayollarning mustaqilligi tug‘ilishning pasayishiga olib keladi. Agar mavjud bo‘lsa, aksincha u tug‘ilishning oshishiga, ayollarning mehnat bozoridagi samaradorligining ortishiga va oilalarda yanada adolatli munosabatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi deputati Oleg Matveychev homilani oldirishni taqiqlovchi qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida tug‘ilish darajasini oshirish uchun aholi turmush darajasini pasaytirishni taklif qilgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025