“Atletiko”ni yana bir yetakchi himoyachi tark etmoqda
Sport
−
14 may 2019 7198 1 daqiqa
Ispaniyalik futbolchi Xuanfran joriy yozda Madridning “Atletiko” klubini tark etishga qaror qildi. Jamoa himoyachisi yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligini rahbariyatga bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha 34 yoshli futbolchi “Atletiko”ning shartnoma uzaytirish bo‘yicha taklifini rad etgan. Xabaringiz bor, Xuanfrandan oldin jamoa sardori Diyego Godin ham klubni tark etib, Milanning “Inter” klubi bilan shartnoma tuzgan edi.
Ma’lumot uchun, Xuanfran 2011 yil qishda "Osasuna" jamoasidan “Atletiko”ga o‘tgan edi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart