Armanistonning jangovar pozitsiyalari yo‘q qilindi – Baku (video)

Olam

image

Ozarbayjon aksilterror choralari doirasida Armanistonning jangovar pozitsiyalari va harbiy ob’ektlarini yo‘q qildi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“Armaniston Qurolli kuchlarining Xo‘jayli viloyati va Qizil bozor yo‘nalishidagi jangovar pozitsiyalari, uzoq muddatli o‘q otish punktlari, jangovar texnikasi va harbiy ob’ektlari Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tomonidan yo‘q qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtda, Xonkendida noqonuniy arman qurolli guruhlariga tegishli “Tor” zenit-raketa majmuasi ham yo‘q qilingani aytilmoqda.

Bundan tashqari, aksilterror choralari natijasida Qorabog‘dagi “separatistik rejim”ning noqonuniy qurolli tuzilmalariga qarashli “Mortira” elektron urush stansiyasiga zarba berilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Baku tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini ta’kidlagandi. Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Armaniston TIV esa Ozarbayjonni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qarshi “keng ko‘lamli tajovuz”ni boshlaganlikda ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing