Paşinyan dekabr oyida Rossiyaga uç marta boradi
Olam
−
16:43 214 2 daqiqa
Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan joriy yilning dekabr oyida Rossiyaga uç marta – 3, 11 va 22 dekabr kunlari taşrif buyuradi. Bu haqda u bugun, 14 noyabr kuni Dublindagi Xalqaro va Yevropa işlari institutida ma’lum qildi.
“Dekabr oyida men uç marta Rossiyada bölaman. Muzokaralar ötkaziş uçun uçta taşrifni amalga oşiraman – 3, 11 va 22 dekabr kunlari. Umid qilamanki, Rossiya bilan munosabatlarda döstona muhitni saqlab qola olamiz”, deydi Paşinyan.
Qayd etiş joiz, sönggi oylar davomida Paşinyanning Rossiya Federatsiyasiga bölajak safari haqida bir neça bor ma’lumotlar paydo bölgan edi, biroq tomonlar aniq sanani tasdiqlamayotgandi. Brifing va intervyular çoğida u Moskva bilan munosabatlar transformatsiya bosqiçida ekanini va muqarrar ravişda özgarişini ta’kidlab kelgan.
Xususan, joriy yilning oktyabr oyida Armaniston Taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan Paşinyan va Putin uçraşuvining muddati haqidagi savolga ular muhokama qilinayotganini aytgan. Oktyabr oyi boşida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Paşinyanning Moskvaga taşrifi böyiça aniq sanalar yöqligini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nikol Paşinyan Yevropada integratsiyalaşuv yölida respublikada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) çiqişdan boşqa tanlov yöqligini ma’lum qilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr