Angrenda telefon ta’mirlovchi usta mijozining pullarini o‘mardi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida ustaxonada qoldirilgan telefon orqali o‘zganing pullarini o‘g‘irlagan telefon ta’mirlovchi usta ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Angren shahrida yashovchi fuqaro ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, bank kartasidan 9 mln so‘m mablag‘ noma’lum tarzda yechib olinganini ma’lum qilgan va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida mazkur holatni Angren shahrida yashovchi  31 yoshli S.S. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi telefoni nosozligi sabab uni ta’mirlash uchun usta S.S.ga topshirgan. Telefon ustasi sifatida faoliyat yurituvchi ushbu shaxs telefonni ta’mirlash jarayonida undagi mobil ilovalar orqali bank kartasiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Oradan vaqt o‘tib u fuqaroning hisobiga tushgan 9 mln so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazgan va o‘zlashtirilgan mablag‘ni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.

Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaroning 46 mln so‘m pulini soxta treyderlik yo‘li bilan o‘margan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

telefon o'g'ri usta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing