Nukusda fuqaroning 46 mln so‘mini “uxlatgan” soxta treyder ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar 4338 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaroning 46 mln so‘m pulini soxta treyderlik yo‘li bilan o‘margan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan 46 mln so‘m pul mablag‘i yechib olinganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida murojaatchi ijtimoiy tarmoqdagi treyderlik guruhiga a’zo bo‘lgani va “pulingizni ko‘paytirib beramiz” degan soxta treyderlarga 46 mln so‘m pulini o‘z plastik kartasidan bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib bergani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan soxta treyderga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Namanganda fuqaroning 10 mln so‘mini o‘margan soxta treyder ushlangandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr