Angliya futbolida darvozabonlar uchun yangi qoida sinovdan o‘tkaziladi

Sport

image

Angliya futbol ligalari jarohat olgandek ko‘ringan darvozabonlar bilan bog‘liq yangi qoidani sinov tariqasida joriy etmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Yangi tartibga ko‘ra, agar darvozabonga maydonda fizioterapevt yordami kerak bo‘lsa, uning jamoasi bir daqiqa davomida bir nafar futbolchisiz o‘ynaydi.

Bu holatda bosh murabbiy 10 soniya ichida qaysi futbolchi vaqtincha maydonni tark etishini belgilashi shart. Agar bunday qaror qabul qilinmasa, jamoa sardori bir daqiqaga maydonni tark etadi.

Qoida jiddiy jarohatlar – miya chayqalishi, kuchli qon ketishi va shunga o‘xshash holatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, agar o‘yin to‘xtatilmagan bo‘lsa, mazkur tartib amal qilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) sinov natijalarini tahlil qiladi. Agar tashabbus ma’qullansa, yangi qoida 2027-2028 yilgi mavsumdan boshlab butun dunyo futbolida amal qila boshlashi mumkin.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashabbusga 2025 yil noyabridagi bahsli voqealardan biri turtki bo‘lgan. O‘shanda “Lids Yunayted” bosh murabbiyi Daniel Farke “Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarummani vaqtni ataylab cho‘zganlikda ayblagan edi. Bu bahs “Siti”ning “Lids” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing