Andijonda erkakning suratlarini tarqatmaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
26 dekabr 2024 8631 1 daqiqa
Andijon viloyatida ayol erkakning rasmlarini internetda tarqataman deb qo‘rqitib, 10 mln so‘m pul talab qildi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Olib borilgan tadbirlarda ayol pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 165- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda yigitining ishqiy mazmundagi videosini tarqatish bilan qo‘rqitgan qiz ushlangandi.
Live
Barchasi