Andijonda er ayolining boshiga temir truba bilan urib, qasddan o‘ldirdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida er xotinini temir truba bilan boshiga urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Kecha, 12 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 larda Bo‘ston tumani “Nurafshon” mahallasida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. turmush o‘rtog‘i M.A. bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida I.A. temir truba bilan rafiqasining bosh qismiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng I.A. sodir qilgan ushbu harakatlaridan pushaymonlik bildirib, soat 04:00 larda tuman Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tuman prokurori tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida er xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgandi. Bundan tashqari, Buxoroda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani, Namanganda er avval turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing