Aliqulov Rimda operatsiya qilindi
Sport
−
13:38 2914 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Rizespor” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Aliqulov Italiya poytaxti Rim shahrida taniqli jarrohlardan biri Per Paolo Marianini tomonidan operatsiya qilingan. Aliqulov ayni paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va tez orada reabilitatsiya jarayonini boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Aliqulov joriy yilning 19 yanvar kuni “Gyoztepe” bilan o‘yinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.
O‘tkazilgan tekshiruv va tahlillar natijasida Aliqulovning chap tizzasida ACL (oldingi kesishgan bog‘) yirtilishi, Patellar Subluxation (tizza panjasi yarim chiqishi) va buning natijasida MPFL (tizza bog‘i) shikastlanishi, shuningdek ichki va tashqi meniskuslarda yirtilish, qon ketishi va shishish aniqlangan. Aliqulovning maydonga qaytish muddati taxminan 6-9 oy deb baholanmoqda. Shu sabali ham o‘zbekistonlik himoyachi joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ehtimoli juda yuqori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoaning yana bir futbolchisi Jaloliddin Masharipov ham jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgandi.
Live
Barchasi