AQSH Rossiyani “tajovuzkor” deb atashga qarshi chiqdi

Olam

image
Tramp Ukrainadan yuz o‘girdimi? AQSH BMTda Moskvani qoralamadi  north_east

Tramp Ukrainadan yuz o‘girdimi? AQSH BMTda Moskvani qoralamadi 

AQSH Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganining 3 yilligi munosabati bilan G7 (Yettilik guruhi) bayonotida Rossiyani “tajovuzkor” deya atashga qarshi chiqdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

“Amerikaliklar bu iborani to‘sib qo‘ymoqda, ammo biz hali ham bu borada ishlayapmiz va kelishuvga erishishga umid qilamiz”, degan manba nashrga.

Uning yozishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning G7 sammitidagi ishtiroki hali tasdiqlanmagan. Tadbir 24 fevral kuni onlayn shaklda o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati janglarni “Ukraina mojarosi”, deb atashni boshlagan.

Ma’lumot uchun, G7 davlatlarining o‘tgan yilgi qo‘shma kommyunikesida Rossiyaning harakatlariga nisbatan “tajovuzkor” so‘zi besh marta ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Donald Tramp Floridaning Mar-a-Lago shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainada saylovlar uzoq vaqtdan beri o‘tkazilmagani va xalq Prezident Zelenskiydan unchalik mamnun emasligini, uning ishonchi 4 foizgacha tushib ketganini aytgandi.

Bunga javoban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa kecha, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Trampga javob qaytarib, uning ishonch reytingi 57 foizni tashkil etishini, Tramp Zelenskiyning ishonch reytingi 4 foizga baholangani haqidagi so‘zlarini Rossiyadan kelgan ma’lumotlarga asoslanganini, hozirda hech kim uni almashtira olmasligini aytdi.

Oradan ko‘p o‘tmay Tramp yana bir bayonot bilan chiqib, Zelenskiyni “saylovlarsiz diktator” va “muvaffaqiyatli komediyachi” deb atadi. Shuningdek, Tramp Zelenskiy saylovlarda qatnashishdan bosh tortganini, Baydenni “skripka kabi” chalishni  yaxshi bilganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy G7 tajovuzkor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing