Tramp Ukrainadan yuz o‘girdimi? AQSH BMTda Moskvani qoralamadi 

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri birinchi marta Qo‘shma Shtatlar BMT Bosh Assambleyasining Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi va Moskvaning harakatlarini qoralovchilar qatoriga kirmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar ikki o‘rtada urush boshlanganidan beri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyani qoralash bo‘yicha BMTning deyarli barcha rezolyutsiyalariga homiylik qilgan. Biroq bu safar buning aksi bo‘ldi.

“Reuters” AQSHning hujjat loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish qarorini “Ukrainaning eng qudratli ittifoqchisidan keskin burilish” sifatida tavsiflaydi.

“Bu Vladimir Zelenskiy va AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina mojarosini tezda hal qilishga urinishlari fonida yuzaga kelgan ziddiyat kuchayib borayotganini aks ettiradi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, rezolyutsiya loyihasida Rossiyaning xatti-harakatlari qoralanadi.

Qayd etish joiz, o‘tgan yillarda Qo‘shma Shtatlar Ukrainada adolatli tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlovchi bunday rezolyutsiyalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Economist” nashri AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukrainada yangi davlat rahbari saylovlarini o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonotlari uning Vladimir Zelenskiydan “qutulish” niyatini anglatishi haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Rossiya-Ukraina BMT Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing