Adliya vazirligi nomidan ham soxta xatlar yuborilmoqda

Jamiyat

image

Adliya vazirligi tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtalariga vazirlik nomidan yuborilayotgan soxta xatlar tarqalayotganini ma’lum qilib, bunday xabarlarga ishonmaslik va ulardagi havola hamda QR-kodlarni ochmaslikka chaqirdi.

Vazirlikka ko‘ra, bunday ko‘rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.

“Mazkur xatlardagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin. Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Majburiy ijro byurosi nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqidagi feyk xabarlar yuborilishi holatlari kuzatilayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu xabar va “apk” ilovalari aslida firibgarlarning aldov yo‘li bo‘lib, ilova yuklab olinganda plastik karta ma’lumotlari va pul mablag‘i qo‘lga kiritilishi ham mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Majburiy ijro byurosi soxta xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing