Adeyemi sevgilisi sabab “Borussiya Dortmund”ni tark etmoqchi
Sport
−
16:51 1013 1 daqiqa
“Borussiya Dortmund” futbolchisi Karim Adeyemi sevgilisi iltimosiga binoan klubni tark etib, Yevropaning yirik shaharlaridan birida joylashgan jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “daily sports” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Karim Adeyemi sevgilisi mashhur xonanda Loredana Zefi Dortmundda emas, balki Yevropaning katta metropollaridan birida yashashni istayotgani sabab “Borussiya Dortmund” tark etish niyatida.
Germaniyalik futbolchi hozirda agentlarini almashtirgan va Dortmund bilan amaldagi shartnomasini qayta ko‘rib chiqish ustida ish boshlagan. Adeyemi qishki transfer oynasidayoq klubni tark etishga imkon beradigan band topishga umid qilmoqda.
Adeyemi 2022 yilda “Zalsburg”dan 30 million yevro evaziga “Borussiya Dortmund” safiga qo‘shilgan. U “qora-sariqlar” tarkibida 128 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 22 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karim Adeyemi noqonuniy qurol saqlagani uchun 450 ming yevro jarimaga tortilgan edi.
Live
Barchasi