Adeyemi “Barselona” futbolchisiga aylandi – Romano

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Germaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchining transferi uchun 22 million yevro to‘lagan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.

Adeyemi 2022 yildan buyon Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U shu vaqt mobaynida jamoa safida 146 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa u dortmundliklarning yetakchi hujumchilaridan biriga aylangan.

Avvalroq “Bild” nashri Adeyemining “Borussiya Dortmund”dan ketishiga shveysariyalik qiz reper Loredananing ham ta’siri bo‘lganini xabar qilgan edi. Manbaga ko‘ra, Loredana Germaniyaning sanoat hududida yashashni istamagan va Yevropaning yirik shaharlaridan biriga ko‘chib o‘tishni xohlagan.

Shuningdek, xabarlarda aytilishicha, Adeyemi yangi klub topish maqsadida hatto agentini ham almashtirgan. Endi u faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi va kataloniyaliklar hujum chizig‘ini Bundesliganing eng tezkor futbolchilaridan biri bilan kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Entoni Gordonni 80 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing