Abdusattorov shaxmat mundialida mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

Sport

−

image

Ayni kunlarda Islandiya poytaxti Reykyavikda shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki turlarda g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov zafarli yurishini davom ettirdi.

3 va 4-turda Nodirbek mezbonlar vakili Steyn Gretarssonni har ikkala partiyada ham mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8 taga yetkazib oldi. Keyingi turlarda Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va AQSH vakili Uesli Soga qarshi dona suradi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining ikkinchi guruhida amerikalik Xikaru Nakamura 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Norvegiyalik Magnus Karlsen esa 2-pog‘onani band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar Jahon chempionatining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing