Abduqodirga vaqt kerak, u kuchli himoyachi – Xoland

Sport

image

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland Abduqodir Husanovning debyuti haqida gapirdi. Bu haqda u “Chelsi”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Matbuot anjumanida Xoland dastlab, Husanovning debyuti haqida to‘xtalar ekan, himoyachiga vaqt kerakligi va u kuchli o‘yinchi ekaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Husanov kuchli himoyachi. Bu uning uchun ilk o‘yin edi. Asabiylashish normal holat. Men ham “Liverpul”ga qarshi dastlabki o‘yinimda shunga o‘xshash holatga tushganman. Unga yana bir nechta o‘yin kerak”, deydi Xoland.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 yanvar kuni APL doirasida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 50 daqiqa harakat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xoland Abduqodir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing