800 ming kişi köçada: Fransiyada namoyişlar qayta boşlandi (foto)
Olam
−
09:15 504 3 daqiqa
Fransiyada keça, 24 oktyabr kuni narxlarning oşişiga qarşi yana köp ming kişilik mitinglar bölib ötdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Hokimiyat organlari ma’lumotlariga köra, turmuş darajasining pasayişi va narxlarning oşişiga, şuningdek, ta’lim sohasining yetarliça moliyalaştirilmaganiga qarşi namoyişlarda 410 000 kişi iştirok etgan. Kasaba uyuşmalari esa 800 000 dan ortiq namoyişçi köçaga çiqqanini aytmoqda. Hukumat 70 000 nafar politsiyaçi va jandarmni safarbar etgan. Bu ötgan dam oliş kunlaridagiga qaraganda 10 000 nafarga köp.

Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, Parijda 110 000 ga yaqin odam bayroqlarni silkitib va kun sayin ortib borayotgan yaşaş narxi hamda çuqurlaşib borayotgan tengsizlikni qoralovçi şiorlarni hayqirib, şahar böylab marş ötkazgan.

“Davlat, politsiya va faşistlarga ölim!” deya hayqirgan parijliklar.

Dastlab Fransiya poytaxtidagi miting nisbatan tinç ötgan, biroq namoyişçilar guruhining oxirida borayotgan tajovuzkor yoşlar politsiyaçilarga toş va boşqa buyumlarni otib, töqnaşuvlar keltirib çiqargan. Huquq-tartibot xodimlari “kapyuşon” kiygan tartibbuzarlarni haydab yuboriş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlarni qöllagan.

Töqnaşuvlar, şuningdek, Lion, Bordo, Grenobl, Marsel, Monpele, Nant va Tuluzada ham sodir bölgan, politsiya esa Nant, Bordo, Klermon-Ferran, Lill va Nitssada namoyişçilarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan. Zöravonlik darajasi talonçilar va vandallar Parij hamda boşqa şaharlarda tartibsizliklar uyuştirgan ötgan haftadagiga qaraganda ança kam miqyosda bölgan.

“Biz öta tezkor harakat qilişimiz kerak”, deydi jurnalistlarga Fransiya IIV rahbari Loran Nunes.

U, şuningdek, öta söl faollar va jinoiy guruhlarni zöravonlikni avj oldirişga urinişda ayblagan. Vazirning sözlariga köra, tuşga qadar butun mamlakat böylab 135 kişi hibsga olingan, ularning köpçiligi profilaktik tintuvlar natijasida qölga olingan. Tintuvlar davomida pirotexnika vositalari va qurol sifatida işlatilişi mumkin bölgan boşqa buyumlar aniqlangan.

Uşbu dam oliş kunlarida Fransiya hokimiyati xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan, köplab korxonalar va savdo şoxobçalari esa xavfning oldini oliş maqsadida vitrinalarni taxta bilan bilan yopib taşlaşni yoki kun davomida umuman yopiq turişni afzal körgan. Şuningdek, muzeylar va teatrlar, jumladan, Luvr, Orse muzeyi va Parij operasi yopilgan, 20 dan ortiq metro stansiyasi işlamagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Yevropa va boşqa mintaqalarni qamrab olgan norozilik namoyişlari çoğida sodir etilayotgan zöravonlik harakatlarini qoralagandi hamda noroziliklar sababini uruşlarning iqtisodiy oqibatlari bilan boğlagan edi.
Live
Barchasi