5 may “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi 

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda har yili 5 may “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 23 oktyabr kuni qabul qilingan “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab 5 may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorda kasbiy ta’lim tizimini 2030 yilga qadar isloh qilish bo‘yicha bir qator maqsadli ko‘rsatkichlar ham belgilangan. 

Jumladan:

  • Xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni 250 taga yetkaziladi;
  • 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizgacha oshiriladi;
  • kasbiy ta’lim ulushida dual ta’limi ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi;
  • xorijda malaka oshirish va stajirovkada qatnashgan pedagoglar soni 100 nafardan 2500 nafarga yetkaziladi;
  • kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushi 30 foizga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanishi haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kasb va mehnat kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing