O‘zbekistonda siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi nishonlanadi
Jamiyat
−
20 iyul
3801O‘zbekistonda oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi. Bu haqda “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Ma’lumki, 2021-2024 yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomlari oqlangan. Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan o‘zbekistonliklarning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
“Xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlik mardona kurashi, bu yo‘lda siyosiy qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari tashkil etiladi”, deyiladi qarorda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1930-1938 yillarda sud hukmi bilan nohaq jazoga tortilgan 198 nafar shaxs oqlangandi.
LiveBarchasi