1 avgustdan pedagoglar oshirilgan miqdorda maosh oladi
Jamiyat
−
31 iyul 14958 2 daqiqa
2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 2 iyundagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-91-son farmonida belgilangan.
Farmonga muvofiq, pedagoglar 2025 yil 1 avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladi:
Maktab direktori:
- 5 mln 166 ming 485 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
- 6 mln 187 ming 933 so‘m (1600dan ortiq).
Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
- 4 mln 825 ming 345 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 5 mln 166 ming 485 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 so‘m (1600dan ortiq).
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
- 1 mln 957 ming 858 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 2 mln 233 ming 302 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 2 mln 322 ming 127 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
- 2 mln 515 ming 091 so‘m (1600dan ortiq).
Psixologlar:
- Oliy ma’lumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 so‘m;
- Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 so‘m;
- Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 so‘m;
- Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 so‘m.
O‘qituvchilar:
- O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 468 ming 585 so‘m;
- Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
- Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
- Birinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
- Oliy toifali o‘qituvchi – 5 mln 142 ming 053 so‘m.
Kadrlar bo‘yicha menejer:
- 1 mln 758 ming 372 so‘m.
Kutubxona mudiri:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 349 ming 447 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 2 mln 563 ming 442 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi maktablarda 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayotgani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi