Jizzaxda öqituvçi öquvçining boşiga urib, uni jiddiy jarohatladi
3-sahifa
−
18:22 796 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanidagi maktablardan birida öqituvçi 8-sinf öquvçisining boşiga körsatkiç tayoqça bilan urib, unga jarohat yetkazdi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, uşbu holat ortidan şu kunning özida pedagog bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Maktab direktoriga nisabatan Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-bandiga asosan örtaça oylik iş haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazosi qöllanilgan.
“Ta’lim muassasalarida öquvçilarning şa’ni, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qiliş, ular uçun xavfsiz hamda soğlom ta’lim muhitini yaratiş ustuvor vazifalardan biridir. Öquvçilarga nisbatan har qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq holatlariga yöl qöyilmaydi. Bunday holatlar ta’lim tizimi tomonidan qat’iy qoralanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi maktabda öqituvçi 8-sinf qizni sinfdoşlari oldida kaltaklagan edi.
Live
Barchasi