Benzema OKMKga qarshi maydonga tushadimi? Tarkib e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) guruh bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, unda Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi Olmaliqning OKMK klubi Jidda shahrida “Al-Ittihod” bilan o‘zaro bahslashadi. 

“Al-Ittihod” Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladigan uchrashuv uchun o‘zining asosiy tarkibini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, jamoaning asosiy forvardi hisoblangan Karim Benzema qaydnomaga kiritilmagan. 7-raqam ostida to‘p suradigan Kante esa o‘zbekistonlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida O‘zbekiston nomidan yana ikki klub – Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” klublari dastlabki turda maydonga tushadi. “Nasaf” safarda Iordaniyaning “Al-Faysali” jamoasiga qarshi, “Navbahor” bo‘lsa Saudiyada Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol”ga qarshi saf tortadi.


Maqola muallifi

Teglar

OChL Karim Benzema OKMK Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing