Hokimlik IIVning mahalla raisi pora bilan uşlangani haqidagi xabarini rad etdi
O‘zbekiston
−
09:47 1623 2 daqiqa
Avvalroq, Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olingani haqida xabar berilgan edi. Tuman hokimligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, mahalla raisiga nisbatan jinoyat işi qözğatilmagani va u hozirda öz xizmat faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 5 avgust kuni Uçtepa tumani huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Yaşnobod tumanidagi Mohirlar mahallasi raisiga nisbatan suriştiruv işlari olib borilgan.
Tekşiruv davomida bahsli joy davlat mulki emasligi, balki Yaşnobod tumanidagi savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan va mahalla raisining otasiga mulk huquqi asosida tegişli ekani rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan.
Hokimlik ma’lumotiga köra, mazkur holatda jinoyat alomatlari öz tasdiğini topmagan. Şu sababli, jinoyat işi qözğatilmagan va heç kim javobgarlikka tortilmagan. Ayni vaqtda mahalla raisi öz xizmat faoliyatini davom ettirayotgani bildirilgan.
“Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga köra, ijtimoiy tarmoqlar va internetda asossiz (yolğon) ma’lumotlarni tarqatiş uçun javobgarlik belgilangan. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan holatning barça tafsilotlarini örganmasdan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik, şu bilan davlat idoralariga nisbatan işonçsizlikni tarğib etmaslik talab etiladi”, deya ogohlantirgan hokimlik.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr