Hindistonning Pokistonga hujumi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 may 5468 1 daqiqa
Pokistonda bir kechada Hindistonning havo hujumlari oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohatlandi. Bu haqda SNN xabar berdi.
Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar (ISPR) bosh direktori Ahmad Sharif Chaudrining so‘zlariga ko‘ra, Pokiston Hindistonni mamlakatning tinch aholi yashaydigan hududlari va Kashmirga asossiz havo hujumlarida ayblagan.
Mamlakatlar o‘rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda Islomobod zarbalarni “ochiq urush harakati” deb atadi. Bayonotda, hujumlar tinch aholi nishonlari, jumladan, masjidlar va GESlarga qaratilgani ta’kidlangan. Umuman olganda, Pokiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududidagi 6 ita nishonga 20 ga yaqin snaryad otilgan.
Bunga javoban Pokiston Qurolli kuchlari, ISPR ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston Harbiy-havo kuchlarining beshta qiruvchi samolyotini, jumladan, uchta Rafale samolyotini urib tushirdi va nazorat chizig‘i bo‘ylab yettita dron, brigada shtab-kvartirasi va bir qator Hindiston nazorat-o‘tkazish punktlarini yo‘q qildi.
Pokiston harbiy rahbariyati, shuningdek, Hindistonning xatti-harakatlari xalqaro gumanitar huquqni, xususan, tinch aholining omon qolishi uchun zarur bo‘lgan ob’ektlarga hujum qilishni taqiqlovchi Jeneva konvensiyalarining I Protokolini buzishini ta’kidladi.
Live
Barchasi