Makron uchun maxsus zirhli mashina ishlab chiqarildi
Olam
−
15 iyul 8598 1 daqiqa
Fransiyaning Renault kompaniyasi Fransiya Prezidenti uchun mo‘ljallangan maxsus zirhli Rafale mashinasini taqdim etdi. Bu haqda “Capital” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashina gibrid model asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, zirh bilan jihozlangan va intereri butunlay qayta ishlangan.
Tashqi ko‘rinishda Prezidentga mo‘ljallangan Renault Rafale Fransiya bayrog‘i ranglaridagi bezaklar, bayroqcha tutqichlar va eksklyuziv “Bleu Présidence” yozuvli korpusi bilan ajralib turadi. Bo‘yoq qoplamasi quyosh nuri ostida Fransiya davlat bayrog‘i ranglari bilan yaltirab turadi.
Mashinaning zirhlanishi Centigon France kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Biroq Renault zirhning texnik tafsilotlarini oshkor qilmagan. To‘liq boshqariladigan shassi va osma tizimi mashina og‘irligi (zirh sababli) hisobga olinib modernizatsiya qilingan. Mashina 300 ot kuchiga ega, to‘liq tortuvga ega bo‘lib, 20 dyuymli Michelin shinalari bilan jihozlangan.
Renault kompaniyasining ma’lum qilishicha, avtomobilning orqa qismi ofis sifatida ishlab chiqilgan. Iqlim tizimi va akustik qulaylik alohida e’tiborda bo‘lgan. Orqa eshiklar avtomatik yopiluvchi mexanizm bilan jihozlangan.
Umuman olganda, avtomobil nafaqat texnik, balki estetik jihatdan ham yuqori darajada, davlat rahbari uchun zamonaviy va xavfsiz transport vositasi sifatida yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Aurus avtomobilining yangilangan versiyasida birinchi marta harakatlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi