Polshada sobiq Ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosari hibsga olindi

Olam

image

Polshaning sobiq ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy va uning o‘rinbosari Matsey Vonsik Varshavadagi prezident saroyida politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Polshaning “RMF24” radiosi xabar berdi.

Ўнгдан sobiq Polsha ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy va uning o‘rinbosari Matsey Vonsik

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kaminskiy va Vonsik prezident saroyiga Polsha yetakchisi Anjey Dudaning taklifiga binoan kelgan. Biroq ular hibsga olingan vaqtda Duda u yerda bo‘lmagani aytilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, hibsga olish 9 yanvar kuni chiqarilgan sud qaroriga asosan, Prezident Duda Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuvga jo‘nab ketganida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, Tixanovskaya bilan uchrashuvdan so‘ng Anjey Duda sobiq vazir va uning o‘rinbosari bilan gaplashishni rejalashtirgan, biroq bu vaqtga kelib ikkalasi ham politsiyaga olib ketilgan.

2015 yilda Kaminskiy va Vonsik yer uchastkalari bilan firibgarlik va 2007 yilda sodir etilgan korrupsiyada aybdor deb topilgan. Ayni paytda ular Prezident Duda qarori bilan afv etilgan. 2023 yil oxirida xuddi shu ish bo‘yicha ularning har biri ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, lekin jazo ijro etilmagan. 

Sobiq hukmron “Qonun va adolat” partiyasidan Seym a’zolari Kaminskiy va Vonsik hukmini noqonuniy va siyosiy motivli deb hisoblab, uni bekor qilishni talab qilmoqda. Polsha matbuoti ikki siyosatchi atrofidagi vaziyatni tartibsizlik, deb ataydi. 460 o‘rinli Seymda “Qonun va adolat” partiyasi 194 deputatlik o‘rniga ega.

Amaldorlarning hibsga olinishi ortidan Prezident qarorgohi atrofida namoyishchilar to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yilning dekabr oyida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri qamoqqa olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Ichki ishlar vaziri o'rinbosar qamoq jazosi Mariush Kamin'skiy Matsey Vonsik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made