Sudyaga hujum qilgan mahbusga qopag‘on it kabi munosabatda bo‘lindi (video)

Bu qiziq

image

AQSHda sud zalida sudyaga hujum qilgan ayblanuvchi Deobra Redden ikkinchi sud majlisiga olib kelindi.

Yig‘ilishda sudlanuvchiga nisbatan alohida choralar ko‘rilgan. Sudya va qo‘riqchiga hujum qilib, jarohatlagan sudlanuvchi bu safar yuziga niqob, qo‘llariga qo‘lqop va zanjirlar bilan xavfsizlantirilgan.

AQSH matbuotida Reddenning bu ishi mashhur “Qo‘zichoqlar sukunati” filmidagi Gannibal Lekter obraziga qiyoslandi.

“Qo‘zichoqlar sukunati” filmidagi Gannibal Lekter образи.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Redden beysbol tayoqchasi bilan odamga hujum qilgani uchun 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchi Deobra Redden AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri sudida shartli ravishda ozod qilinishni so‘ragan, biroq sudya Meri Holtus uchta og‘ir jinoyatda ayblangan Reddenni ozod qilishni rad etadi, shunda erkak sudya stoli tomon otilib, sakrab o‘tgan va Holtusni yerga yiqitib do‘pposlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud AQSh sud'ya hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made