Si Szinpin AQSHga keladi – Tramp
Olam
−
24 iyul 2372 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin joriy yilning 24 sentyabr kuni AQSHga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp kecha, 23 iyul kuni sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda aytdi.
Trampning aytishicha, Si Szinpinning tashrifi davomida tomonlar sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
“Prezident Si 24 sentyabr kuni keladi. Men Pekinda bo‘lganimda ham bu haqda gaplashgan edik va bu mavzuda yana muzokara olib boramiz”, degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Si Szinpinning tashrifi Trampning joriy yil boshida Xitoyga amalga oshirgan safaridan keyin bo‘lib o‘tadi. O‘sha vaqtda Tramp Pekinda Xitoy rahbarini Oq uyga taklif qilgan edi.
22 iyul kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ham uchrashuv o‘tkazib, tomonlar “juda ijobiy tashrif” uchun zamin yaratish maqsadida hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash zarurligini muhokama qilgan edi.
Live
Barchasi