Kostenko konidagi portlash aybdorlari e’lon qilindi

Olam

image

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vaziri Sirim Sharipxonov “ArselorMittal Temirtau” kompaniyasi rahbarlarini Kostenko konidagi portlash uchun javobgar deb hisoblayapti. Bu haqda “Informburo.kz” xabar berdi. 

Sharipxonovning qayd etishicha, hukumat komissiyasi  28 kishini hodisa uchun javobgar deb topgan. Shuningdek, ish beruvchining 100 foiz aybi borligi ma’lum bo‘lgan.

“Bular oddiy xodimlar emas. Bu bevosita mas’ul bo‘lgan muhandislik va texnik xodimlardir. Hukumat komissiyasi natijasida 28 kishining aybdorligini aniqladik. Xususan, ular AMT bosh direktori Vladimir Yablonskiy, kadrlar bo‘limi direktori Yelena Vinokurova, AMT ko‘mir boshqarmasi texnik direktori Andrey Beliy, AMT ko‘mir boshqarmasi ijrochi direktori Sergey Ogay”, deydi vazir hukumatdagi brifingda.

Uning qayd etishicha, materiallar tergov organlariga topshirilgan, endi sudga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgandi. Fojia oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi. 

Holat yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Kostenko ArselorMittal Temirtau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made