Tramp Eron bilan kelishuv yaqinligi haqida 37 martadan ortiq bayonot bergan – OAV
Olam
−
09 iyun 1053 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kamida 37 marta Eron bilan tez orada kelishuv tuzilishi mumkinligini ochiq bayonot qilgan. Bu hisob-kitoblarni CNN telekanali e’lon qildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi bayonotlar ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy chiqishlarda va OAVga bergan intervyularida yangragan. Ularda Tramp yoki kelishuv yaqinligi haqida gapirgan, yoki Eron kelishuvdan manfaatdor ekanini bildirgan.
Telekanal ta’kidlashicha, bunday bayonotlar ilk bor 23 mart kuni yangragan, eng so‘nggisi esa 8 iyun kuni bo‘lgan, unda prezident kelishuv “ikki hafta ichida” bo‘lishi mumkinligini aytgan.
CNN bu bayonotlarga shubha bilan qarab, ularning ayrimlari moliyaviy bozorlarga ta’sir qilish yoki vaziyatni haddan tashqari optimistik baholash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ham qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan so‘nggi 24 soat ichida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida uni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kengaytirmaslikka chaqirgandi. Trampning aytishicha, agar Isroil hujumlari keng ko‘lamli urushga aylanib ketsa, Tel-Aviv Eronga qarshi kurashda yolg‘iz qolishi mumkin.
Live
Barchasi