“Sizdan ugina, bizdan bugina”. AQSH ham Tayvanga qurol sotmaslikka va’da berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Tayvanga 12 milliard dollarlik Amerika qurollarini sotish to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda Tramp "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Trampning ta’kidlashicha, Vashingtonning keyingi harakatlari Xitoyga bog‘liq. Qayd etish joiz, Tramp va Si Szinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Si Eronga qurol bermaslikka va’da bergan edi. Agar Xitoy Eronga qurol yetkazib bersa, bu Yaqin Sharqdagi mojarolarni yanada kuchaytirishi mumkin.

“Men bu qarorni hozircha keyinga qoldiryapman, barchasi Xitoyga bog‘liq. Biz juda ko‘p miqdordagi qurol haqida gapiryapmiz. O‘n ikki milliard dollar juda ko‘p qurol”, dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp va Si Szinpin Pekinda muzokaralar o‘tkazgani haqda xabar berilgandi. Unda tomonlar savdo, Tayvan va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp qurol Tayvan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing