O‘zbekistondagi restoranlar 8 oyda qancha foyda qilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, umumiy ovqatlanish korxonalari 133 trln so‘mlik savdo qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabr holatida umumiy ovqatlanish sohasida 25 ming 840 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi qariyb 133 trln so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Numbeo” portali tomonidan 2025 yil uchun restoran narxlari indeksi bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston dunyodagi 139 mamlakat orasida 17-o‘rinni egallagandi. Ushbu ko‘rsatkich Nyu-York (AQSH) narxlari bilan solishtiriladi, u yerda indeks 100 deb qabul qilingan. O‘zbekistondagi restoran va barlardagi ovqat va ichimliklar narxlari Nyu-Yorkdagidan o‘rtacha 79,2 foiz arzon va indeks 20,8 ga teng. 


Maqola muallifi

Teglar

restoran ovqatlanish korxonalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing